Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga ketish uchun “Kamaz”ga yo‘lovchi sifatida chiqqan qiz haydovchining 6 ming dollar pulini o‘g‘irladi va voqea joyidan yashirindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Foto: Samarqand viloyat IIB

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 16-iyul kuni soat taxminan 21:30 da 1995-yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan D.Sh. o‘zining “Kamaz”da Narpay tumani Oqtosh shahridan Toshkent shahriga borish uchun yo‘lga chiqqan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 25 yoshli qiz — S.U.ni yo‘lovchi sifatida mindirgan.

“O‘sha kuni soat taxminan 23:40 da haydovchi Samarqand shahridagi ‘Ulug‘bek’ avtoshoh bekatiga kelib, oziq-ovqat xarid qilish uchun avtomashinadan tushgan. Bu paytda yo‘lovchi sifatida ketayotgan S.U. avtomashina ichida bo‘lgan 5340 dollar va 3 million 600 ming so‘m pulni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida S.U. ushlanib, undan 800 dollar pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda