O‘ta yengil vazn toifasida UFC chempioni Petr Yan o‘zini yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov bilan solishtirishlariga munosabat bildirdi.

Foto: Yandex Photos

“Bizni solishtirish kerak deb hisoblamayman. Biz umuman boshqa olammiz. Vazn toifamiz turlicha. Uslublarimiz ham har xil. Har kim o‘ziga yarasha kuchli.

Men kimgadir o‘xshashni xohlamayman. Har kim o‘zicha yaxshi”, — deydi Yan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yakkakurashchi UFC 251 musobaqasida Joze Aldo taslim etib, chempionlik kamariga ega chiqdi.

Habib Nurmagomedov ham sportchilik faoliyati davomida mag‘lub bo‘lgan, faqat bir marta. Ammo MMA’da emas (video)