AQSh prezidenti Donald Tramp 2017-yil yanvar oyida lavozimiga kirishganidan 2020-yil 9-iyulgacha bo‘lgan davr oralig‘ida 20 055 bora haqiqatga zid gaplarni gapirib ommaviy chiqish qilgan. Bu haqda Washington Post nashri xabar bergan.

Foto: EPA

Nashrning qayd etishicha haqiqatga zid bayonotlar ham ichki ham tashqi siyosatga aloqador mavzularda yangragan, jumladan, impichment masalasi, koronavirus pandemiyasi va afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi atrofidagi gaplarning aksariyati yolg‘on.

AQSh prezidenti ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti ayni vaqtda davlat tarixidagi eng yaxshi holatda ekanini aytib kelgan va odamlarni aldagan.

Bundan tashqari, Tramp muntazam ravishda Meksika bilan chegaradagi devorning qurilishi va soliqlarni AQSh tarixida hali kuzatilmagan darajada pasaytirish haqida gapirgan, ushbu gaplar ham haqiqat emas.

Avvalroq AQSh yetakchisi Trampga Nyu-York prokurori Sayrus Vensga soliq deklaratsiyalarini taqdim qilish majburiyatini yuklagan Oliy sud qarorini “siyosiy tomondan jodugarlarga e’lon qilingan ov” va “qalbaki” hujjat deb atagandi.