Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing taqvimida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: PFL

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, mamlakat hududida dam olish kunlari karantin qoidalari kuchaytirildi va avtomobillar harakati cheklandi. Shu sabab PFL yaqinlashib kelayotgan 10 va 11-turga o‘zgarish kiritdi.

Qaror qabul qilish vaqtida U-21 jamolarning o‘yini ham inobatga olingan, bahslar seshanba, chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, PFL Superliga o‘yinlarini Toshkent shahrida markazlashgan holda o‘tkazish g‘oyasi amalga oshirilmasligini ma’lum qildi. Superliganing 6 klubi mazkur taklifga rad javobini bergan. Tashkilot ushbu masalani hozircha kun mavzusidan chiqardi.

Superliga 10 va 11-tur taqvimi bilan tanishing:

Coca-Cola Superliga

10-tur bahslari

21-iyul, seshanba

19:00 “Surxon” — “Navbahor”

19:00 “Nasaf” — “So‘g‘diyona”

22-iyul, chorshanba

19:00 “Mash’al — “Andijon”

19:00 OKMK — “Lokomotiv”

23-iyul, payshanba

19:00 “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”

19:00 “Qizilqum” — “Buxoro”

19:00 “Bunyodkor” — “Metallurg”

11-tur bahslari

28-iyul, seshanba

19:00 “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor”

19:00 “Navbahor” — “Mash’al”

29-iyul, chorshanba

19:00 “Paxtakor” — “Nasaf”

19:00 “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912”

19:00 “Buxoro” — “Surxon”

30-iyul, payshanba 

19:00 “Andijon” — OKMK

19:00 “Metallurg” — “Qizilqum”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!