O‘zbekistonda 2020-yil 13-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 167 kishiga ko‘payib, 13 360 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarining

  • 83 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 75 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
  • 9 nafari esa Navoiy viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 7852 nafar fuqaro (58 foiz) sog‘aygan. Kasallik oqibatida 62 nafar bemor vafot etgan.

Hozirda mamlakatda 5446 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.