Instagram tarmog‘ida “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad Komil bilan bog‘landi.

Foto: Instagram / @komil_benom

Yetti kuncha avval koronavirus yuqtirib olganimni bilib, uy sharoitida davolanishga kirishdim. Hozir ahvolim yaxshi. Ammo umuman hid bilmayapman, hattoki burnimga atir sepsam ham hech qanday hid sezmayapman. Barchasi oddiy shamollashdek boshlanar ekan. Butunlay sog‘ayib ketganimdan so‘ng bu haqida batafsil gapirib beraman.

Komil, “Benom” guruhi xonandasi