10-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonandalar Farruh Raimov va Dilso‘z muxlislariga “Sevgilim” qo‘shig‘idan parcha kuylab berdi, so‘ng Farruh o‘zini basseynga otdi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova chaqalog‘ini baxti deb bilishini bildirdi.

Shahlo Zoirova folloverlariga farzandlari bilan qiziqarli video tayyorladi.

Nilufar Usmonova ham quyoshdan, ham virusdan himoya qiladigan obraz yaratdi.

Xonanda Malika Egamberdiyeva farzand kutmoqda.

Zohirshoh Jo‘rayev karantinda Yaratgandan barchaga chiroyli sabr ato etishini so‘radi.

“Qora niyat” seriali yulduzi Shevval Sam — Ender serialning 4-mavsumi suratga olish jarayoni boshlanayotganini xabar qildi.

Gulchehra Eshonqulova noodatiy niqob taqib tushgan surati bilan bo‘lishdi.

Shahzoda folloverlaridan karantinda tomosha qilish uchun filmlar tavsiya qilishni so‘radi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova Adiz Rajabov bilan birgalikda “Sun’iy nafas” serialida suratga tushmoqda.

Xonanda Sevinch hamda uning muhabbati — qizi Leyla.