O‘zbekiston Prezidentining 9-iyuldagi qarori bilan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Dilshod Xolmurodov Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamentiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Dilshod Xolmurodov statistika qo‘mitasida 2010-yildan buyon ishlab kelgan Bahodir Mirusmonov o‘rnini egalladi.

Bundan avval Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar berilgan edi.