Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avval Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

Shu tariqa Toshkent shahri va viloyatida COVID-19’dan tuzalganlar soni 4652 nafarga, Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida 298 nafarga, Buxoro viloyatida esa 518 nafarga yetgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 7287 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda epidemiya boshlanganidan beri 2020-yil 9-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni 11 447 nafarni tashkil qilmoqda, 50 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi