• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Avraam Linkolndan keyin. Lindon Jonson – irqchilikni rasman taqiqlagan AQSh prezidenti

    Bugun AQShda davom etayotgan irqchilikka qarshi kurash uzoq tarixga ega. Yarim asr muqaddam bu borada qabul qilingan muhim qonun irqchilikni rasman yo‘q qilgan va katta o‘zgarishlarga olib kelgandi. U irqchilik muammosini to‘liq hal etmasa ham, jamiyat fikrini ters tomonga burib yuborgandi.

    1964-yilning 2-iyul sanasida AQShning demokratlar partiyasidan bo‘lgan 36-prezidenti Lindon Jonson qonunchilik doiralarida “Fuqarolar huquqlari haqidagi bill” nomi bilan mashhur bo‘lgan qonunni imzoladi. Mazkur qonunga ko‘ra, amerikaliklar irqi, milliy mansubligi, dini, tana rangi, ish, o‘qish, jamoat joylaridagi yoki uyni ijaraga olish, davlat buyurtmalarini joylashtirish borasida kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qonunning asosi bo‘lib xizmat qildi. “Daryo” ushbu tarixiy hujjat qanday qabul qilingani va u AQShni qanday o‘zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.

    Mavzuga doir:

    • “Tom amakining kulbasi”dagi quldorlik tarixi. 13-tuzatish va afroamerikaliklarning ozodligi haqida
    • Qora tanli bo‘lishni jinoyat hisoblagan siyosat. Janubiy Afrikada aparteid tizimi qanday shakllangan?
    Mazkur qonun, ayniqsa, AQShning janubiy shtatlarida diskriminatsiyaga qarshi kurashishning o‘ziga xos jabhalarini qamrab oladi va bu qonun kelajakda AQShda yuz yil avval qabul qilingan irqchilikka qarshi qaratilgan qonunchilikning amalda ishlashini ta’minlash uchun qabul qilinadi. Qizig‘i shundaki, afroamerikaliklar oq tanlilar bilan bir xil huquqlarga ega ekani haqidagi qonun yuz yil avval amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lsa-da, AQShda qora tanlilarning huquqlarini poymol etish hamon davom etayotgan voqelik edi.

    Fermer oilasidan chiqqan o‘qituvchi prezident: Lindon Jonson

    Lindon Jonson 1908-yilning 27-avgustida Texas shtatining Stounuol shaharchasida fermer oilasida dunyoga keldi. Lindon maktabni bitirgach, janubi-g‘arbiy pedagogika kollejida tahsil oldi. 1931-yilda Xyustondagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Tashabbuskorligi, faolligi va o‘ziga ishonchining mustahkamligi bois Lindon Jonson tez orada Demokratlar partiyasidan bo‘lgan Kongress quyi palatasining deputati Richard Klebergning nazariga tushdi va deputat Jonsonni o‘zining matbuot kotibi etib tayinladi. Aynan shu davrdan Lindon Jonsonning siyosiy faoliyati qizg‘in pallaga kirdi.

    Lindon Jonson.

    Lindon Jonson.
    Foto: Google Photos

    1934-yilning sentabr oyida bo‘lg‘usi prezident o‘zining kelajakdagi turmush o‘rtog‘i Klaudiya Altoy Teylor bilan tanishib qoladi va ular ikki oydan so‘ng oila quradi. 1935-yilda Lindon Jonson Texasdagi yoshlar milliy uyushmasiga direktor etib tayinlanadi. Prezident Franklin Delano Ruzveltning g‘oyalaridan ilhomlangan Jonson 28 yoshida Amerika parlamentining quyi palatasiga deputat bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ladi. Mazkur voqeadan so‘ng Franklin Ruzvelt Lindon Jonson bilan shaxsan tanishish istagini bildiradi va ular o‘rtasida yaqin do‘stona munosabatlar o‘rnatiladi.

    Ikkinchi jahon urushi paytida Lindon Jonson AQSh dengiz flotida xizmat qiladi va 1947-yilda qurolli kuchlar qo‘mitasining a’zolari tarkibiga kiradi. Qat’iyatli, tashabbuskor Jonson 1948-yilga kelib esa tashqi savdo va shtatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari qo‘mitasida maxsus vazifalarni bajaradi. 1955-yilga kelib esa AQSh senatida demokratlarning rahnamosi bo‘ladi. O‘sha davrdagi tarixchilar nazarida kuniga 60 ta sigareta chekadigan Lindon Jonson siyosiy davralarda o‘zini kuchli psixolog, manipulyator, razvedkachi va o‘z raqiblarining kuchli va ojiz taraflarini bilgan siyosatchi sifatida e’tirof etadi.

    Bunday sifatlarga ega inson sifatida Lindon Jonson o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘ymasligi mumkin emasdi. Shu sababdan navbatdagi saylovlarda demokratik partiya vakili sifatida o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yadi. Raqib ham yosh siyosatchi Jon Fitsjerald Kennedi edi. Saylovlarda Kennedi g‘olib bo‘ladi va 1961-yilda Lindon Jonson nomzodi AQSh vitse-prezidentligiga taklif qilinadi.

    Bir paytning o‘zida bir necha masalani hali qilishga odatlangan va holdan toyguncha ishlashga ko‘nikkan Jonson vitse-prezidentligi davrida xavfsizlik, migratsiya, ta’lim, aeronavtika masalalari bilan shug‘ullana boshlaydi. Vitse-prezidentlik davrida Kennedi va Jonson o‘rtasida ko‘p kelishmovchiliklar yuz beradi, Kennedi Jonsonga vitse-prezidentlikni taklif qilganda Jonson mazkur postni rad qilishini ham kutganligi siyosatchilar xotiralarida saqlanib qolgandi. 1963-yilda prezident Dallasda otib o‘ldirilgach, Jonson chuqur qayg‘uda bo‘lgan beva Jaklin Kennedining ko‘z o‘ngida AQShning prezidenti bo‘lish qasamyodini qabul qiladi.

    Jon Kennedi va Lindon Jonson.

    Jon Kennedi va Lindon Jonson.
    Foto: Google Photos

    Inson huquqlari haqida tashabbuskor prezident

    Yarim asr avval yo‘lning oxiri sifatida qaralgan hodisa XX asrning 60-yillariga kelib yo‘lning boshi bo‘lishi haqida hech kim o‘ylamagan edi. Amerikadagi ko‘pchilik “Inson huquqlari haqidagi bill”ning amalda qo‘llanilishi borasida norozi edi. Shunga qaramay, prezident Jon Kennedi o‘zining o‘limigacha mazkur qonun loyihasi Kongressda tasdiqlanishi uchun harakat qildi.

    Lindon Jonson esa mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi shahid bo‘lgan Jon Kennedining xotirasi uchun ham bildirilgan hurmat ramzi bo‘lishini ta’kidlaydi.

    Natijada mazkur qonun Kongressning ikki palatasida ham garchi ayrimlar qarshilik bildirgan bo‘lsa-da, ma’qullandi. Bundan bir yil avval kongress ayollarning erkaklar bilan bir xil miqdorda maosh olishi haqida qonun qabul qilgan, bir yildan keyin esa janubiy shtatlarda qora tanlilarning ovoz berishi haqidagi qonunni qabul qilgan edi.

    “Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, agar AQSh isteblishmenti 1964-yil o‘rtalariga kelib diskriminatsiyaga xayrixoh fikrda ekan, nega unda rasmiy Vashington qonun loyihasini tasdiqlanish muddatini uzaytirdi? Voqealar rivojini o‘z holiga tashlab, janub mazkur qonunga ko‘nikma hosil qilguncha kutib turish mumkin emas edimi, degan savol ham tug‘iladi”, — deydi Katon instituti tadqiqotchisi Ilya Shapiro.

    Masala shunda ediki, markaziy hukumatning bu qonun loyihasiga aralashmasligini, birinchidan, tasavvur qilib bo‘lmasdi. Ikkinchidan, AQShning davlat tizimi federativlik asosiga belgilangan ekan, markaziy hokimiyatning buyrug‘i shtatlar qonunchiligi tarafidan bajarilmasligi ehtimoli ham mavjud edi. Uchinchidan, janubiy shtatlarda diskriminatsiya siyosiy va iqtisodiy isntitutlarning qon tomiriga singib ketgan va ular amalda ku-kluks-klan va politsiya bilan qorishib ketgandi.

    Shu sababli davlat tizimidagi diskriminatsiya siyosati tabiiy yo‘l bilan yo‘q bo‘lib ketishiga ishonch yo‘q, davlatning mazkur holatga aralashuvi keskin chora edi. Natijada rasmiy hukumat diskriminatsiyaga qarshi o‘z “jarrohlari” — qonunshunos, advokat va lobbistlarini ishga soldi va muammoning ildizini quritishga kirishdi. Bunda o‘ziga xos katalizator vositasini o‘tovchi qurol kerak edi va “Inson huquqlari borasidagi bill” mazkur katalizatorning nishoniga aylandi. AQSh jamiyati insoniy va adolat qaror topadigan jamiyatiga aylantirdi.

    Foto: Google Photos

    1964-yilda bir qator konservativ fikrdagi deputatlar Barri Golduoter boshchiligida inson huquqlari haqidagi qonunga qarshi chiqishdi. Ularning nazarida mazkur qonun federal hukumatning vakolatlarini kengaytirar va xususiy sektorda faoliyat yuritadigan biznesning ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini ta’minlar edi. Chunki qonunchilikda basharti biror-bir xususiy biznes diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, shikoyat kelib tushgan taqdirda davlat o‘sha kompaniyaning ishlariga aralashishi va muammoni bartaraf qilishi ko‘zda tutilgandi.

    Har qanday qonunning ijobiy va salbiy jihatlari bo‘ladi. Inson huquqlari haqidagi qonunning ijobiy jihati AQSh jamiyatida irqiy va gender diskriminatsiyasiga qaratilgan bo‘lsa-da, 1970-yillarga kelib mazkur qonun kam sonli aholining oq tanlilarni kamsitishiga yo‘l ochib berdi. Natijada oliy o‘quv yurtiga qabul qilish va davlat buyurtmalarida qatnashish fuqaroning bilimi va iqtidoriga qarab emas, yana irqiy mansubligiga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Muammo shundaki, mazkur qonun qora tanlilarga imtiyoz bergan bo‘lsa, AQShda salmoqli demografik miqdorni tashkil etadigan lotin amerikaliklar va osiyoliklarning huquqlarini poymol qilish edi.

    Bugun AQSh jamiyatida o‘quvchilarni maktabga qabul qilishda irqiy segregatsiya batamom bekor qilingan, biroq de fakto olib qaralganda segregatsiya siyosati hanuz davom etib kelmoqda. Muammo shundaki, AQSh hukumati oq tanlilar va osiyoliklar istiqomat qiladigan hududlardagi maktablarga qora tanlilar va lotin amerikaliklari istiqomat qiladigan maktablarga nisbatan ko‘proq moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Muammoning yechimi sifatida hukumat qashshoq qora tanli va lotin amerikaliklar istiqomat qiladigan hududlardan oq tanlilar o‘qiydigan maktablarga o‘quvchi tashuvchi avtobuslar qatnashini joriy qiladi. Bu ham Amerika jamiyatida ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘ladi. Sababi mazkur siyosat ham majburlovchi siyosatning belgisi sifatida qabul qilinadi.

    Bugungi AQSh jamiyatida qora tanlilar, lotin amerikaliklar va osiyoliklar orasida kuchli sinf sifatida shakllangan o‘rta sinf vakillari istiqomat qiladi. Bu esa bugungi AQSh jamiyatida o‘rta sinf vakiliga aylanib ulgurgan mazkur irq vakillari hamon o‘z imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egami yoki imtiyozlarni bekor qilish vaqti keldimi borasida bahs-munozaralar bo‘lib turishi odatiy holga aylangan.

    Foto: Google Photos

    Ijobiy yondashganda Lindon Jonson ma’muriyati qabul qilgan inson huquqlari haqidagi qonun bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ammo mazkur qonun amerikalik aholining turli ijtimoiy qatlamlari orasidagi moliyaviy tafovutlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

    So‘nggi so‘z o‘rnida…

    Lindon Jonson hukumati qabul qilgan inson huquqlari borasidagi qonun amerikalik kam sonli aholining rivojlanishi yo‘lidagi tizimga xos bo‘lgan to‘siqlarni olib tashladi. Qora tanlilar orasidagi o‘rta sinfning paydo bo‘lishiga turtki berdi va ularni yuqori maosh to‘lanadigan jamiyat a’zolariga aylantirdi. Qora tanlilar orasida oliy o‘quv yurtini bitirayotgan oila farzandlari miqdori ko‘paydi.

    Shuningdek, mazkur qonun barcha saylovchilarga teng huquqlilikni olib keldi. Hozirda esa janubiy shtatlardagi saylovchilar miqdori Alabama va Missisipi kabi shtatlardagi oq tanli saylovchilardan ham ko‘proqni tashkil qilmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    04.07.2020, 15:13   Izoh (0)   54920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.