LG kompaniyasi antibakterial keysga ega Tone Free simsiz naushniklarini ishlab chiqaradi. Qurilmaning ikkita versiyasi sotuvga chiqadi: Tone Free HBS-FN6 va HBS-FN4.

Foto: Gsmarena

Ikki model orasidagi farq ular saqlanadigan keysga bog‘liq: HBS-FN6 bakteriyalarga qarshi quvvatlantiruvchi keysga ega bo‘lgan. U quvvatlantirish vaqtida ultrabinafsha nurlari yordamida bakteriyalarni o‘ldiradi. HBS-FN4 esa standart keysga ega.

Tone Free’larga olti millimetrli drayverlar o‘rnatilgan bo‘lib, u ovoz sifatini yaxshilovchi texnologiyani, Bluetooth 5.0 va SBC/AAC audiokodekslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Gsmarena

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, simsiz naushniklarni bir marta quvvatlantirish orqali besh soat gaplashish yoki olti soatgacha musiqa tinglash mumkin. Quvvatlantiruvchi keysi bilan birga yangi qurilma 18 soatgacha “chidab beradi”. Tezkor va simsiz quvvatlantirish funksiyalari ham mavjud.

Gadjet IPX4 standarti bo‘yicha namlikdan himoyalangan. Hozircha yangi naushnikning narxi haqida ma’lumotlar yo‘q.