Yaponiyaning Yamato shahrida ko‘chalar bo‘ylab harakatlanish vaqtida smartfondan foydalanishga taqiq qo‘yildi. Qonun 1-iyuldan kuchga kiradi. U tavsiyaviy xarakterga ega va qoidabuzlarga hech qanday jazo qo‘llanilishini ko‘zda tutmaydi, deb xabar beradi Kyodo News.
Mahalliy hukumatning so‘zlariga ko‘ra, shaharliklar mazkur talabning naqadar ahamiyatga ega ekanligini tushunadi va unga rioya qiladi.Agar piyoda gadjetdan foydalanishni xohlab qolsa, u hech kimga xalaqit bermaydigan joyga to‘xtatishi kerak.
Kunchiqar mamlakat olimlarining aniqlashicha, inson smartfondan foydalanayotganida ko‘zlarning ko‘rish burchagi qisqaradi, harakat vaqtida esa u boshqa yo‘lovchilar yoki avtomobillar bilan to‘qnashib ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yildan Yaponiyada selfi tayoqlaridan foydalanishga cheklov qo‘yila boshlangan.
Izoh (0)