Gollivudning ramzi sanalgan Hollywood yozuviga 1923-yilda, savdo agenti Garri Chindlerning ko‘chmas mulkni reklama qilish uchun bergan buyurtmasiga binoan asos solingan.

Foto: “Yandeks Dzen”

1. Hollywoodland’ni reklama qilish muddati yarim yilga mo‘ljallangan, biroq yozuv keyinchalik o‘z joyida qolgan. 1949-yilda yozuv qayta ta’mirlanib, oxirgi to‘rtta harf olib tashlangan.

2. Reklama maqsadida o‘rnatilgan yozuv, 50-yillarga kelib shaharning “tashrif qog‘ozi”ga aylangan.

3. 1955-yilda mazkur yozuvni ta’mirlash uchun maxsus fond tashkil etilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

4. Gollivud yozuviga mingdan ortiq lampochkalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning ishlashiga mas’ul xodim javob bergan.

Foto: “Yandeks Dzen”

5. Mashhur insonlar Gollivudning shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lishi uchun 30 000 dollar atrofida pul to‘lashi kerak.

6. Shon-sharaf xiyoboni g‘oyasini 1953-yilda Savdo-sanoat palatasi prezidenti E.M. Styuart ilgari surgan.

7. Gollivud shon-sharaf xiyoboni Los-Anjelesning shimoli-sharqida joylashgan. Undagi birinchi yulduz 1958-yilning 15-avgustida aktyor Preston Foster sharafiga o‘rnatilgan. Ammo xiyobon rasman 1960-yilning 23-noyabrida ochilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

8. Gollivud Charli Chaplinning Gitler haqidagi “Buyuk diktator” filmini moliyalashtirishdan bosh tortgan. Bunga vakillarning tomoshabin reaksiyasi oqibatida moddiy yo‘qotishdan qo‘rqqani sabab bo‘lgan. Shundan keyin Charli Chaplin, filmni o‘z mablag‘i hisobiga suratga olgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

9. “Eski Kaliforniyada” Gollivudda suratga olingan eng birinchi film hisoblanadi. Davomiyligi 17 daqiqani tashkil qiluvchi film rejissori Devid Uork Griffit.

10. Los-Anjelesda joylashgan Capitol rekords binosida miltillab yonuvchi belgilar, Morze alifbosida Gollivud ma’nosini bildiradi.

11. 70-yillarda Gollivud hududi, yovvoyi tovuqlar populyatsiyasi makoniga aylangan. Ularning qayerdan kelib qolgani esa noma’lum.

12. O‘tgan asrning 30-yillarida Gollivud, nemis hukumatiga, AQSh va boshqa mamlakatlarning Germaniyani haqoratlash va natsizm g‘oyalari aks etgan filmlariga nisbatan senzura qo‘llashga qo‘yib bergan.

Foto: “Yandeks Dzen”

13. Shon-sharaf xiyobonida Apallon XI jamoasi va Nil Armstrong ismi, odatdagidek yulduz emas, oy ichiga muhrlangan.

Foto: “Yandeks Dzen”

14. Birgina Muhammad Alining sharaf yulduzi, boshqalardan farqli ravishda Kodak teatrining devoridan o‘rin olgan.