Daryo

So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi

O‘zbekistonda qiyin ijtimoiy ahvoldagi, kam ta’minlangan, nogironligi bor a’zosi bo‘lgan oilalar qizlariga 800 ta alohida kvota ajratiladi

1 daqiqa o‘qish58 206 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda qiyin ijtimoiy ahvoldagi, kam ta’minlangan, nogironligi bor a’zosi bo‘lgan oilalar qizlariga 800 ta alohida kvota ajratiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu borada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda ro‘yxat shakllantiriladi hamda tegishli nizom tayyorlanmoqda.

Shuningdek, So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTMlarga hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bitiruvchilar attestat olishi shart emas. XTV bazasidagi ma’lumot DTM bazasiga o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga attestatsiya qanday tartibda berilishi ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar