AQShda yashovchi Jeyson Torchinski Xitoydan onlayn tarzda dunyodagi eng arzon Changli elektromobilini buyurtma qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Jalopnik”

Avtomobilning narxi 930 dollarni tashkil qildi. Uni buyurtmachiga kartondan yasalgan qutida yetkazib berishdi.

Elektrokar qizil rangda, uning yonlariga chaqmoq rasmi chizilgan. Bu uni o‘yinchoq mashinaga o‘xshatib qo‘ygan, biroq Changli to‘laqonli elektromobil. U hatto salonni isitish tizimi hamda orqani ko‘rsatuvchi kamera bilan jihozlangan.

Qayd etilishicha, mini-elektrokar 1,1 ot kuchiga ega. U sekin harakatlanadi.

Foto: “Jalopnik”

Foto: “Jalopnik”

Foto: “Jalopnik”

Jeyson Torchinskining ta’kidlashicha, agar qandaydir avariya yuz bergudek bo‘lsa, bu holat to‘liq plastikdan yasalgan Changli uchun ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Amerikalik erkak Xitoydan elektrokar olib kelish uchun qo‘shimcha akkumulyator, transport xarajatlari va bojxona xizmatiga pul to‘lagan. Shunday qilib Changli unga uch ming dollardan sal ko‘proqqa tushgan.