AQShning Kaliforniya shtatida jinoyatchi Alpina tyuning-atelyesiga tegishli noyob BMW Z8 avtomobilini minib qochdi. Biroq o‘g‘ri uzoqqa ketishga ulgurmagan — u boshqaruvni yo‘qotib, ustunga borib urilgan, deb yozadi Motor.
O‘g‘irlangan BMW Z8 modeli 2003-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, u mavjud 555 nusxadagi Alpina Roadster V8 bilan jihozlangan. 318 ot kuchiga ega mashina narxi 499 ming dollarni tashkil etadi.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida mashinaning old bamperi, optikasi va kapotiga zarar yetgan.
Jinoyatchi qo‘lga olingan yoki olinmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)