So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    “Diydor qiyomatga qoldi”. Hoshim Arslonovning do‘sti va shogirdlarining ushalmay qolgan armonlari haqida (video)

    05.06.2020, 11:19 103284

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 29-may kuni 64 yoshida olamdan o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hoshim Arslonovning san’at olamidagi do‘stlari va shogirdlari “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga u bilan bog‘liq eng yaxshi xotiralari va armonlari haqida gapirib berishdi.

    Kinolarda partnyor bo‘lib ishlash armoni...

    Teatrda, sahnada Hoshim bilan juda ko‘p partnyor bo‘ldim. Mening bitta armonim qolib ketdi. U ham bo‘lsa, suratga olish maydonchalarida, kinolarda partnyor bo‘lib ishlash armoni. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunar edik. San’atga endi kirib kelayotgan yoshlarimiz Hoshim Arslonovdek insonlardan san’atga bo‘lgan fidoyilik, halollikni o‘rganishini xohlar edim.

    Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

    Hoshim aka o‘zlaridan tirik haykal yasab olmagan edi.
    Juda kutilmagan narsa bo‘ldi. Messenjerda “Hoshim aka, nima gap? Ko‘rinmaysiz, sog‘-omonmisiz?” deganimda “Sal mazam yo‘q” deb yozgandilar. Oldinlari kulib turgan smayllar yuborardilar, o‘sha yozishganimda jo‘natmadilar. Shubhalanib “Umidvorman, jiddiy narsa yo‘qdir” deb yozsam, hech narsa yozmay, shunchaki “klass” jo‘natdilar. O‘shanda ko‘nglimga shubha tushgandi.

    Bolalardan so‘raganimda qon bosimlari ko‘tarilgan bo‘lsa kerak, deyishdi. Ular haqida yomon xayollarni o‘zimdan haydardim, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonar edim. Yaqinda ular bilan bir serialga tushgan edik. O‘shanda ham ularni kutdik, ammo ularni kasalxonada deyishdi. Biz Hoshim akani sog‘-u salomat yonimizga kelishlarini, ishga chiqishlarini kutgandik. Ularning vafot etishlarini kutmagandik — hammamiz shokka tushib qoldik. Hoshim aka o‘zlaridan tirik haykal yasab olmagan, xokisor, oddiy, oliyjanob inson edi.

    Mohira Nurmatova, aktrisa

    Diydor qiyomatga qoldi…
    Nima deyishga ham hayronman. Ularning yo‘qliklariga ishonging kelmaydi. Ularni qanday san’atkor ekanligini, san’atga qo‘shgan hissalarini barchamiz yaxshi bilamiz. Hoshim aka juda samimiy, yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, yaxshi inson edilar. Oxirgi marta 2007- yilda “Saodat” serialida birga ishladik. O‘shanda birga rol ijro etganimizda “qizim, bu joyida bunday ishlash kerak, bu xarakter bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldasan” deb maslahatlarini ayamagan edilar. Bilasizmi, ba’zida turmush tashvishlari, past-balandlari bilan ovora bo‘lib qolib, yaqinlarimizni, qadrdonlarimizni yo‘qlamay qolarkanmiz. Ulgura olmadim, diydor qiyomatga qoldi.

    Nasiba Tursunova, aktrisa

    Shu inson bilan juda ham rol o‘ynagim kelardi.
    Har bir ko‘rishgan inson bilan alohida gaplashib, alohida salom-alik qilar edilar. Kichik rolimizni ham, ozgina muvaffaqiyatimizni ham e’tirof etardilar. Ustozlardan bunday gaplarni eshitish biz uchun baxt edi. Shu inson bilan juda ham rol o‘ynagim kelar edi, afsuski, ular bilan rol o‘ynash nasib etmadi. Oilalariga, muxlislari va shogirdlariga sabr-toqat tilayman.

    Nargiza Abdullayeva, aktrisa

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.