UFС prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorning chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qo‘lga kiritishi haqida gapirdi.

Foto: UFC

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Makgregor 2020-yilning kuzida o‘tkazilishi kutilayotgan Habib Nurmagomedov — Jastin Getji jangi g‘olibi bilan oktagonga chiqishi mumkin.

“Men dastlab Getji va Habib o‘rtasidagi jangdan zavq olmoqchiman va uning qanday yakunlanishini ko‘rmoqchiman. Shundan keyin g‘olib va Konorning jangini kutaman”, — deydi Uayt.

Shunday qilib agar Nurmagomedov Getjini mag‘lub etsa, yana Makgregor qarshi oktagonga ko‘tarilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Unda rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda og‘ritish usulini qo‘llab Konorni taslim etgandi. Shundan so‘ng Makgregor bir necha bor revansh jangi o‘tkazish istagini bildirgan, ammo Nurmagomedov har safar bu jangning hech kimga qiziq bo‘lmasligini ta’kidlab keladi.

Avvalroq Uayt yarim yarim o‘rta vazn kamariga da’vogarlik qilgan Konorga chempionlik jangi berilmasligini aytgandi.