Daryo

Konor Makgregor chempionlik jangida ishtirok etmaydi. UFC prezidenti buni tasdiqladi

Irlandiyalik yakkakurashchi so‘nggi jangini yarim og‘ir vazn toifasida o‘tkazgandi

1 daqiqa o‘qish42 082 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregor yaqin orada sovrin uchun jang qilmasligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Irlandiyalik yakkakurashchi so‘nggi jangini yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkazgan va unda Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi. Mazkur toifa chempioni Kamaru Usmon hisoblanadi.

“Usmonning keyingi raqibi quyidagi uch nafar jangchidan biri bo‘ladi: Kolbi Kovington, Xorxe Masvidal, Leon Edvards. Shu uchchovidan biri, ammo Konor emas”, — deydi Uayt.

31 yoshli Makgregor MMA’da 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 26 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Konor yengil va o‘rta yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar