Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining prokuratura va ichki ishlar organlari vakillari bilan Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida fuqaro Furqat Ochilov firibgarlik yo‘li bilan Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektoridan 200 dollarni olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga DXX tomonidan ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, Furqat Ochilov profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan va unga nisbatan Nishon tumanidagi dehqon bozori hamda tuman hokimligi oldidagi ikkita holat bo‘yicha videoyozuv borligini aytib, uni aldagan. Furqat Ochilov agar profilaktika inspektori 200 dollar bersa, uning noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan ushbu videoyozuvlar bilan bog‘liq muammoni hal qilib berishini bildirgan.

Tezkor tadbir davomida Kitob tumanida tug‘ilgan Furqat Ochilovning yonidan DXX Chegara qo‘shinlarining soxta guvohnomasi va bir nechta fuqaroning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Shuningdek, u vaqtinchalik yashab kelgan Nishon tumani “Ulug‘bek” MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun unga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari doirasida Furqat Ochilovga soxta guvohnomani kim tayyorlab bergani va undan jabr ko‘rgan yana boshqa fuqarolarni ham aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Dunyo
“Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi