Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, polkovnik Azizxon Umarxonov IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Murodilla Alikariyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bunga qadar Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)