Italiyalik hujumchi Mario Balotelli va “Breshiya” o‘rtasidagi kelishmovchilik sudda ko‘rib chiqilishi mumkin. Tomonlar advokat yollashga ham ulgurgan.

Foto: The Sun

Balotelli o‘zining jamoaga qaytarilishini yoki klub tovon puli to‘lab berishini talab qilmoqda. Avvalroq uning asosiy jamoadan chetlatilgani va individual tarzda mashg‘ulot o‘tayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Jurnalist Nikola Skiraning yozishicha, nima bo‘lgan taqdirda ham, Balotelli yozda “Breshiya”ni tark etadi. “Galatasaroy”, “Vasko da Gama”, “Flamengo” va “Botafogo” klublari uni o‘z safida ko‘rish istagini bildirgan.

29 yoshli Balotellining “Breshiya” bilan amaldagi kelishuvi 2022-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Mario Balotelli joriy mavsum A Seriya doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!