• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bir og‘iz shirin so‘zning qadriga yetyapmiz”. Roberto Karlosning “Real”dagi eng baxtli kunlari va pandemiya davri haqida hikoyasi

    Madridning “Real” klubi afsonaviy himoyachisi Roberto Karlos klubdagi xotiralari va pandemiya sabab vujudga kelgan vaziyat haqida hikoya qiladi. Braziliyalik futbolchining The Player’s Tribune’ga yozgan hikoyasini “Daryo” o‘quvchilarga o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Foto: Yahoo Sports

    Uyimda men hech qachon unutmaydigan kunda olingan surat bor. Ushbu surat 1996-yilning yozida olingan. O‘shanda “Real” meni “Inter”dan sotib olgandi. U paytgacha hech qachon Madridda bo‘lmagandim va bor-yo‘g‘i 23 yoshda edim. Aeroportga kelganimdan so‘ng darhol qayerda yashashimni ko‘rishga oshiqmadim, Yevropaning eng muhtasham stadionlaridan biri – “Santyago Bernabeu”ga ham bormadim. Aksincha, ispaniyalik jurnalistlar hamrohligida Sibeles maydoniga (Plasa-de-Sibeles) yo‘l oldim.

    Ilgari bu yerni faqat suratlarda ko‘rgandim va qandaydir sehrli joy ekanini bilardim. Maydon markazida Ispaniya banki binosi (Banko-de-Espana) va Sibeles saroyi (Palasio-de-Sibeles) binolari oralig‘ida ma’buda haykali joylashgan favvora turadi. U yerdan shahar markazi, Retiro bog‘i hamda Prado bog‘iga chiqish juda qulay. Shahardagi istalgan inson bu joyning diqqatga sazovor ekanini tasdiqlaydi.

    Sibeles maydoni

    Sibeles maydoni
    Foto: AP Photo

    Futbol muxlislari bu joyda nafaqat chiroyli binolar borligini, balki uning tarixiy ahamiyatga ega ekanini ham yaxshi biladi. Aynan shu yerda “Real” va Ispaniya terma jamoasi o‘z g‘alabalarini nishonlaydi.

    Sibelesga to‘g‘ri aeroportdan kelish Rio-de-Janeyroga borib, darhol Iso Masih haykalini ko‘rishga borish bilan barobar. Tabiiyki, men bunday baxtdan sarxush edim. Aynan o‘sha paytda jurnalist meni o‘z kamerasiga muhrlagan ekan.

    Har safar ushbu suratga qaraganimda, “Real”da o‘tkazgan ajoyib damlarimni eslayman. Uyimda hamon bu rasm saqlanib turibdi. Uyim esa hali ham Madridda. Bu yerda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlayman. Ammo hozir deyarli barcha insonlar singari ofisga borolmayapman. Oxirgi oyda uydan ikki marta — do‘konga borish uchun chiqdim.

    Tashqariga chiqqach, atrofga nazar soldim va ochig‘i, shahrimni zo‘rg‘a tanidim. Ilgari har qanday kunda Madrid ko‘chalari odamlar bilan gavjum bo‘lardi. Madriddan istalgan narsangizni topasiz: quyosh, sport, madaniyat, tungi hayot, yegulik... Ayniqsa yegulik! Bu butun boshli o‘zgacha olam. Bu yerda yashaydiganlar esa undan qanday zavqlanish kerakligini yaxshi biladi.

    Hozir esa bundan asar ham qolmagan. Ko‘chalar mutlaqo bo‘m-bo‘sh!

    Madridni hech qachon bunday ko‘rmaganman.

    Virus shaxsan menga ta’sir qilgani yo‘q. Oilam ham soppa-sog‘. Ammo virus sabab vafot etganlarning oilalariga qayg‘urmaslikning iloji yo‘q. Men shunday insonlarni bilaman. “Real”ning sobiq prezidenti Lorenso Sans o‘tgan oyda vafot etdi. Aynan u meni klubga taklif qilgandi. U 76 yoshda edi. Uning kasallanganini bilgach, garchi, anchadan beri kasal ekanini yaxshi bilsam-da, sog‘lig‘ini so‘rab ibodat qila boshladim. Afsuski, aynan virus uni yengdi.

    Mavzuga doir: “Real” sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

    Lorensoni faqat tabassum bilan eslayman. Uning prezident ekanligi ashaddiy muxlis bo‘lishga xalal bermasdi. U “Real” uchun yashardi va har doim klubning barcha ishlarida ishtirok etardi. Agar o‘yin durang yoki mag‘lubiyat bilan yakunlanadigan bo‘lsa, u biz haqimizdagi fikrlarini bildirardi. Biror sovrinni qo‘lga kiritsak, birinchilardan bo‘lib tabriklardi. Biz uni insoniy fazilatlari, optimistligi va jonkuyarligi uchun qadrlardik. U bizga otamizdek bo‘lib qolgandi.

    U bilan har kuni gaplashardim. U menga doimo o‘z maslahatlarini berib turardi. Men uni hech qachon Lorenso Sans deb chaqirmaganman. Uni Prezident yoki Presi deb atardim. Men unga: “Ey, Presi, ishlar qalay?”, — derdim. U esa jilmayib, meni bag‘riga bosib qo‘yardi.

    “Real”ga kelgan paytimda Lorenso yarim yildan beri prezidentlikda edi. Shartnoma imzolangandan so‘ng hayot tezlashib ketgandek tuyulardi, biroq “Deportivo” qarshi ilk o‘yinimni yaxshi eslayman. O‘sha bellashuvda birinchi golimni ham urganman. Bundan tashqari “Bernabeu”dagi debyut uchrashuvim va 80 ming tomoshabin ham yodimda.

    “Bu yerda nimamni unutib qoldirdim? Agar xato qilsam nima bo‘ladi?” Xayolimga boshqa gap kelmasdi. Bu dahshatli edi!

    Biroq bu ham mening hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri bo‘lgan.

    Asta-sekin bosimga ko‘nika boshladim, lekin shunday vaziyatlar bo‘lardiki, uni so‘z bilan ifodalash qiyin. “Real”ga kelganimdan ikki yil o‘tgach, “Yuventus” bilan Chempionlar Ligasi finalida to‘qnash kelishga tayyorlanayotgan edik. “Real”ning ushbu musobaqada g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanishi ko‘pchilikka ma’lum. Ammo klub 32 yildan beri musobaqada g‘alaba qozona olmayotgan edi. Biz La Ligani zo‘rg‘a eplayotgan bo‘lsak, “Yuve”ning ketma-ket uchinchi yil finalga chiqishi edi. Bu o‘yinda “Real” favorit bo‘lmagan. O‘yin oldidan hech birimiz uxlay olmadik. Odatda biz kechqurun soat 22:00 larda uxlashga yotardik. O‘sha kuni esa tongi 4:00 gacha mehmonxonada o‘tirib chiqdik. Bizda hech qanday qo‘rquv bo‘lmagan, shunchaki “Yuventus”ni hurmat qilardik. O‘yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutayotgandik.

    Finalda biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. “Yuventus” juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo biz 1:0 hisobida g‘alaba qozondik. G‘alaba uchun nafaqat mahorat, balki motivatsiya ham kerak bo‘ladi. Biz ularga qaraganda ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladik.

    Foto: Getty Images

    Keyin esa bizni Sibeles maydoni kutib kutardi. Ko‘chalardagi yuz minglab odamlar oq rangli liboslarda edi. Hamma bayram qilardi. O‘sha oqshomni hech qachon unutmayman. Bu “Real”dagi eng sevimli lahzalarim. Madridda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, muxlislar uchun klubning qanchalik muhimligini tushunasiz. Uni nafaqat madridliklar, balki Ispaniya va butun dunyo yaxshi ko‘radi. Qayerda o‘ynashimizdan qat’i nazar muxlislarimiz biz bilan birga bo‘lardi. El-Klasiko bo‘ladimi yoki kichikroq kubok uchrashuvi, buning farqi bo‘lmagan — tribunalar har doim to‘la bo‘lardi.

    “Galaktikos” davri nafaqat muxlislar, balki futbolchilarning ham yodida uzoq vaqtga qolsa kerak. Kiyinish xonasida “Oltin to‘p” sohibini, Ispaniyada yilning eng yaxshi o‘yinchisini, La Liganing eng yaxshi to‘purari va dunyoning eng yetuk darvozabonini ko‘rishingiz mumkin edi. Ushbu jamoaning bir qismi bo‘lish esa insonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Qayerda o‘sganim va nimalarga erishganim haqida o‘ylamasligim mumkin emasdi. Aksincha, bundan g‘ururlanardim. Axir oldindan sizni hayot qayerga uloqtirishini bilmaysiz.

    Biz Chempionlar Ligasida yana ikki bor (2000 va 2002-yillarda) g‘alaba qozondik. Barcha tafsilotlarni eslab qolish biroz mushkul. Boisi “Real”da o‘ynagan har bir o‘yinchi bugungi kun bilan yashaydi, chunki dam olishga vaqt topish imkonsiz. Mashg‘ulotlar, uy va safar uchrashuvlari, mehmonxonalar, g‘alaba hamda mag‘lubiyatlar...

    Faqatgina “Real” o‘yinchisi bo‘lishdan to‘xtaganimda, nimalarga erishganimni tushunib yetdim.

    Klubdagi so‘nggi o‘yinim 2007-yilning 17-iyunida bo‘lib o‘tgan. Mavsumning so‘nggi o‘yinida “Bernabeu”da “Malyorka”ni qabul qilishimiz kerak edi. “Barselona” bilan ochkolarimiz teng bo‘lgan, agar biz ham, ular ham g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, o‘zaro o‘yinlar hisobigagina chempionlik bizga nasib etardi. Avvaliga yutqazayotgandik, ammo ikkinchi bo‘limda hammasi iziga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondik. Ajoyib g‘alaba bo‘lgandi!

    Foto: AP Photo

    Biroq eng muhimi — muxlislarning menga qanday munosabatda bo‘lgani. Oxirgi o‘yinim ekanini hamma bilardi. Devid Bekhem ham ketishga qaror qilgandi. Mehmonxonadan chiqishimiz bilan bizni odamlar qurshab oldi. Hamma bizga omad tilardi.

    “Imkon qadar tezroq qaytib kel!”.

    O‘sha lahzalarda klub uchun nima qilganimni angladim.

    O‘sha lahzada meni qanchalik qadrlashlarini tushundim.

    Bu hayotimdagi eng hayajonli kunlardan biri bo‘lgan. Bu madridliklarning hamma narsaga iliq munosabatda bo‘lishi va ishtiyoq bilan yashashiga misol bo‘la oladi. Shu bois hozir sodir bo‘layotgan voqealar meni xafa qilmoqda.

    Ammo men Madrid va butun dunyo aholisining kelajakka nekbinlik bilan qarashini xohlardim. Mening falsafam — muammolarni tabassum bilan yengish. Qaddingizni baland tuting va oldinga qarab yuring. O‘zingizga ishoning. Sabrli bo‘ling. Xotirjamlikni saqlang. O‘zgalarga yordam berishga intiling.

    Pandemiyaning ijobiy tomonlarini ham ko‘ryapman. Barchamiz inson ekanligimizni, zaifliklarimiz esa bir xil ekanini anglab yetdik. Oila va do‘stlarning qanchalik muhimligini hamda bir-birimizga muhtoj ekanimizni tushunib yetdik. Bir og‘iz shirin so‘zning qadriga yetyapmiz.

    Birgalikda ishlashda davom etishimiz kerak. Uyda qolib, odatiy turmush tarzini imkon qadar tezroq tiklash uchun kurashishimiz zarur. Men ham boshqalar kabi, futbolni sog‘inyapman, “Real”ning yangi sovrinlar bilan Sibelesga kelishini intiqlik bilan kutyapman.

    Ammo hozir shunchaki, ko‘chalarda odamlarni ko‘rishni xohlayman. Aynan shuning uchun ham kurashmoqdamiz.

    Boshqa maqolalar:

    • Bekkenbauerdan Myullergacha. “Bavariya” akademiyasidan chiqqan “oltinboshlar” (foto)
    • Sulsherdan Levandovskigacha. Futbol tarixiga kirgan 7 almashtirish haqida
    • Uolkottdan Uilshergacha. Ishonchni oqlamagan ingliz futboli vunderkindlari haqida
    • “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya
    • Kim qayerga o‘tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati
    • “Santyago Bernabeu”dagi kechikkan debyut, “Barselona”dan ketishi va orzulari haqida “yapon Messisi” bilan intervyu
    • 38 yildan beri davom etayotgan koma. Fransiyalik sobiq futbolchi va unga sodiq qolayotgan ayol haqida hikoya
    • “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi
    • Lautaro yoki Neymar? “Barselona”ga kim ko‘proq zarur?
    • Stol tennisi tufayli futboldan voz kechishiga bir baxya qolgani, o‘z otasi bilan sudlashuv, irqchilik sabab Germaniya termasidan ketgani haqida Mesut O‘zil intervyusi
    • Top-10: Karvaxaldan Aleksander-Arnoldgacha. Dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    28.05.2020, 13:56   Izoh (0)   31525
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mayk Tayson: O‘limdan qo‘rqmayman, hayot undan qiyinroq

    28.05.2020, 13:04

    Shota Arveladze: O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublarida ko‘rishni istayman

    28.05.2020, 12:13

    Bundesliganing eng tezkor futbolchilari ma’lum bo‘ldi

    28.05.2020, 11:28

    Shota Arveladze: “Paxtakor”ga o‘tish — ortga tashlangan qadam emas

    28.05.2020, 10:58

    InstaFutbol: Futzaldagi go‘zallik, afrikalik shovvozlar va bo‘ladigan bolakaydan qoyilmaqom harakatlar

    28.05.2020, 10:25

    Bundesliga. “Leypsig” o‘z uyida “Herta”ni yenga olmadi, “Shalke-04” yana yutqazdi

    28.05.2020, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.