Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh prezidenti Donald Tramp konservativ qarashlar tarafdorlariga qarshi qilingan manipulyatsiyalar tufayli ijtimoiy tarmoqlarni yopishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida

Foto: Carlo Allegri

Foto: Carlo Allegri
Uning ta’kidlashicha, respublikachilar partiyasi a’zolari ijtimoiy tarmoqlar konservatorlarning ovozlarini butunlay o‘z soyasida qoldirib ketdi, degan fikrda. “Biz ularning faoliyatini qat’iy nazoratga olamiz yoki butunlay yopib yuboramiz”, — degan Tramp.

AQSh rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ularning 2016-yilda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlaridan so‘ng buning takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Avvalroq Tramp Twitter’ni saylov jarayonlariga aralashganlikda ayblagan edi.

AQSh prezidentlik saylovi 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Donald Trampga raqib sifatida AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Hamma safarbar qilinsin” — Lukashenko yig‘im-terimga maktab o‘quvchilari, talabalar, ishchilar va davlat xizmatchilari jalb etilishi kerakligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonga Rossiyadan eng ko‘p import qilingan mahsulot — margarin