Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Davlat xizmatlari agentligining ma’lum qilishicha, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, shuningdek, 1148 qisqa raqamlli “ishonch telefoni” orqali bir martalik nafaqa puli berishni so‘rab qilinayotgan murojaatlar soni ortdi. Shu sababli DXA axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova bu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ariza beruvchi bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida “suyunchi puli”ni tayinlashi uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.

Ushbu xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

  • Ariza beruvchi bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida mazkur nafaqani tayinlashi uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat etadi.
  • Tegishli so‘rovnoma budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.
  • Pensiya jamg‘armasi o‘z navbatida nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
  • Nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida ma’lumot, nafaqa tayinlash rad etilganda rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumot tegishli DXMga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi