San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 24-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Zarina Nizomiddinova barchani Hayit ayyomi bilan tabrikladi hamda o‘zi pishirgan chak-chakning surati bilan bo‘lishdi.

Shahzoda Matchonova folloverlarini bayram bilan tabriklash uchun sahifasiga Nilufar Usmonovaning qizi Safiyaning joynamoz ustidagi suratini joylashtirdi.

Turk estrada yulduzi Rafet el Roman ham Hayit bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Umidaxon ilk marta o‘g‘li Muhammad Alining suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Yulduz Usmonovaning sahifasiga xonandaning mushugi surati joylashtirildi. Nilufar Usmonovaning aytishicha, mushukning laqabi Nolik.

Nilufar Usmonovaning o‘zi esa joynamoz ustidagi surati bilan bo‘lishdi.

Golluvud aktrisasi Jessika Alba va uning oila a’zolari bilan ijro etgan quvnoq raqsi.

“Bravo” guruhi a’zosi Shahlo Zoitova 24-may kuni nafaqat Hayit, balki qizi Shaydoning tug‘ilgan kunini ham nishonlamoqda.

Yulduz Rajabova Istanbuldagi dengiz sohilidan ko‘rinish berdi.

Asal Shodiyevaning fikricha, buvisi bor odam hech qachon qarimaydi, u doim bola bo‘lib qoladi.

“Qora niyat” seriali yulduzi Enderdan bayram tabrigi.

Rayhon “Sevamande” deb nomlangan qo‘shiqni muxlislariga taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Gulchehra Eshonqulova otasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Manzura ham muxlislarini bayram bilan tabrikladi.