• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jonni Depp, Madonna, Jet Li. Amerikada yashashni istamagan yulduzlar

    Amerika — imkoniyatlar yurti, lekin bu yulduzlar u yerda yashashni orzu qiladi degani emas. Yetarlicha mashhurlikka va shuhratga erishgan insonlar bu maskanni faqat ish va biznes bilan bog‘laydi, yashash uchun esa dunyo xaritasining boshqa bir nuqtasini tanlaydi. Quyida Amerikada yashashdan bosh tortgan va AQShni tark etgan aktyorlar ro‘yxati tuzilgan. Ularning ba’zilari farzandlari tufayli bu yo‘lni tanlagan bo‘lsa, ba’zilari siyosiy pozitsiyasi sabab majbur bo‘lgan, boshqalari esa tinch joylarda yashashni istagan.

    Kris Hemsvort

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktyor Gollivud uni mashhur qilganini tan olsa-da, Amerikada hamma narsa biznesga asoslangani sabab u yerda yashay olmasligini ta’kidlaydi. Tinchlik va osoyishtalikni xush ko‘radigan Kris, turmush o‘rtog‘i hamda uch nafar farzandi bilan Avstraliyaning Bayron-bey shahriga ko‘chib ketgan.

    Lindsi Lohan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘​pchilik ​Amerikaga​ hammasini noldan boshlash uchun borsa, Lindsi hayotini yangidan boshlash uchun tark etgan. Nyu-Yorkda yashagan vaqtlaridagi, alkogol, giyohvand modda va qonun bilan bog‘liq muammolarni unutishni istagan Lohan, bugungi kunda Dubayda istiqomat qilib, mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi. Aktrisa, ko‘chib ketganidan keyin, Amerika televideniyesi va sariq nashrlari uning asablarini qanchalik tamom qilganini tushunib yetganini ta’kidlaydi.

    Jorj Kluni

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jorj Kentukkida tug‘ilganiga qaramasdan, o‘zini Britaniya mentalitetiga yaqin deb hisoblagan. Amal Alamuddin bilan turmush qurgach yashash uchun Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan aktyor, rafiqasi bilan birga yangi mamlakatda o‘zini mutlaq baxtli his qilishini ta’kidlaydi. Juftlik, ish yoki xayriya tadbirlari yuzasidan qo‘shma shtatlarga tez-tez borib turishiga qaramay, u yerda yashashni istamasligini bildiradi.

    Kevin Speysi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Oskar mukofotining ikki karra laureat​ bo‘lgan Kevin, 2003-yilda Londonga ko‘chib kelgan. Aktyor Amerikani tark etganidan keyin dunyoqarashi butkul o‘zgarganini ta’kidlaydi.

    Jet Li

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tomoshabinlarga Jet Li sifatida ma’lum bo‘lgan Li Lyansze, nafaqat qo‘shma shtatlarni tark etgan, balki Amerika fuqaroligidan voz kechgan aktyorlardan biri hisoblanadi. U farzandlari kelib chiqishini esdan chiqarmasligi​ hamda amerikalik bo‘lib voyaga yetmasligi uchun oilasi bilan Singapurga ko‘chib ketgan.

    Jonni Depp

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktyor, saylovoldi jarayonlarda Trampga qarshi chiqqan va u prezident bo‘lganidan keyin Amerikani tark etgan. Kentukkida dunyoga kelib, Kaliforniyada voyaga yetgan, hayotining asosiy qismini Fransiyada o‘tkazgan Jonnining, hozirgi kunda Angliyada uyi va Bagama orollarida shaxsiy oroli bor.

    Madonna

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xonanda Gay Richiga turmushga chiqqanidan keyin Britaniyaga ko‘chib ketgan. Angliyani ikkinchi uyi deb hisoblagan Madonna, rejissor bilan ajrashgach u yerni ham tark etgan va 2017-yildan beri Lissabonda istiqomat qiladi.

    Hyu Jekman

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kelib chiqishi avstraliyalik bo‘lgan aktyor, Gollivudni zabt etganidan keyin ona yurtiga qaytishni ma’qul bilgan. U va turmush o‘rtog‘i Deborra Li-Fyorness, farzandlarini Amerikadan ko‘ra Melburnda yashashini afzal deb biladi. Jekman avstraliyaliklar, amerikaliklarga qaraganda sodda va to‘g‘ri so‘z ekanini, shuningdek, atrofda okeanlar bo‘lgan yerda inson o‘zini erkin va baxtli his qilishini ta’kidlaydi. 

    Gollivudga qiziqqanlar uchun:

    • Gollivud yulduzlarining qimmatbaho uylari
    • Asl ismidan foydalanmaydigan jahon yulduzlari
    • Qashshoq oiladan chiqqan mashhur yulduzlar
    • Gollivudning yoshida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)

    Bollivudga qiziquvchilar uchun:

    • Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan Bollivud yulduzlari
    • Foto: Afsonaviy hind aktyorlari avval va hozir
    • Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari (foto)
    • “So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman”. Bollivud yulduzlari karyerasidagi eng katta xatolar

    Turk seriallari muxlislari uchun:

    • Millionlab qalblarni zabt etgan turk aktyorlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
    • Karantindan keyin qanday yangi turk seriallari taqdim qilinadi?
    • 2019-yilda seriallardagi ishtirokidan eng ko‘p gonorar olgan turk aktyorlari (foto)
    • Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik

    24.05.2020, 09:31   Izoh (0)   56887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maska taqishni unutmang, o‘n bir yulduz tayyorlagan osh, Arafa muborak bo‘lsin. Mashhurlar karantinda (foto+video)

    23.05.2020, 22:34

    Latofatli turk aktrisalarining turmush o‘rtoqlari (foto)

    23.05.2020, 20:32

    Telefon tutmaydigan mashhurlar

    23.05.2020, 15:29

    Gollivud aktyorlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini koronavirus bo‘yicha mutaxassislarga beradi (video)

    23.05.2020, 08:32

    Muhtojlarga quvonch ulashayotgan xonanda, karantindan charchagan aktrisa, pasportini yo‘qotib qo‘ygan Sevara Nazarxon. Mashhurlar karantinda

    22.05.2020, 22:26

    Billi Aylishning uyi Google Maps’dan yo‘qolib qoldi. Bunga qo‘shiqchining uyida mehmon bo‘lishni istagan muxlislar aybdor

    22.05.2020, 13:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.