Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 10-turida “Energetik-BGU” 23-may, shanba kuni “Isloch” maydoniga safar qildi.

Foto: “Energetik-BGU”

Uchrashuvning 13-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev penaltini aniq amalga oshirib, minskliklarni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada maydon egalari ham 11 metrlik jarima zarbasini ijro etish huquqiga ega bo‘ldi, uni Godfri Stiven muvaffaqiyatli bajardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Yevgeniy Yudchits “talabalar”ning ikkinchi golini urdi.

Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Enertetik-BGU” ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam BATEdan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Belarus Oliy Ligasi

10-tur bahsi

23-may, shanba

“Isloch” — “Energetik-BGU” 1:2

Gollar: 0:1 – 13, penalti Yaxshiboyev, 1:1 – 27, penalti Stiven, 1:2 – 90+2 Yudchits.

“Isloch”: Xatkevich, Karpovich, Konsevoy, Papush, Stiven, Melnik (Lisovskiy, 74; Adegbola, 90), Sveyba, Patotskiy, Yanushkevich, Yansane, Xolodinskiy (Nekrashevich, 82).

“Energetik-BGU”: Lesko, Mavatu, Yudchits, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 71), Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Girs, 78), Shkurdyuk, Musaxanyan (Sovpel, 46).

Ogohlantirishlar: Yaxshiboyev (59), Sveyba (69), Xolodinskiy (81), Svirepa (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!