“Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari aka-uka Yag‘mur va Durul Taylanlar yirik loyihaga qo‘l urdi, deb xabar beradi “Rusturkey.com”.

Foto: Getty Images

Yangi serialda bosh rollardan birini Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktyorlaridan biri Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi.

“Barbarossa” deb nomlangan ushbu serialda Ulusoy Oruch Reys obrazini gavdalantiradi. Serial taniqli turk dengiz floti qo‘mondoni Xayriddin Poshsho Barbarossa hayoti haqida hikoya qiladi. Suratga olish jarayonlari bilan ES Film kompaniyasi shug‘ullanadi.

Uch mavsumdan iborat bo‘ladigan serial Turkiyaning TRT1 telekanalida efirga uzatiladi.

Ma’lumot uchun, Chag‘atoy Ulusoy Turkiyaning taniqli aktyori va modeli. 2019-yilda u seriallardan eng ko‘p daromad olgan aktyorlar reytingiga yetakchilik qilgan. O‘zbek tomoshabinlariga Chag‘atoy “Ichkarida” seriali bilan yaxshi tanish.