Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati bahslari qachondan davom etishi oydinlashdi.

Foto: La Liga

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, La Liga 2019/20-yilgi mavsumi 12-iyundan davom etadi. 28-tur doirasida “Sevilya” juma kuni Andalusiya derbisida “Betis”ga qarshi bahs olib boradi. Primera uchrashuvlari to‘liq taqvimi 28-may kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati o‘yinlari mart oyida koronavirus tufayli to‘xtatilgandi. Joriy haftada jamoalarga guruh mashg‘ulotlarini boshlashga ruxsat etilgandi.

Mavzuga doir: La Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Barselona” “Real”ni ortda qoldirdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!