Shahzoda Garri va Megan Markl o‘g‘li Archi bilan Los-Anjelesda yashayotgan uyining suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hello.

Foto: Hello

Qayd etilishicha, Garri va Megan taniqli Gollivud prodyuseri Tayler Perrining Beverli-Hillzdagi hashamatli qasrini ijaraga olgan.

Tayler ushbu uyni o‘zi qurdirgan. U 2004-yilda yer uchastkasini 4,3 million dollarga sotib olgandi.

Ushbu uy 18 million dollarga baholangan. U qariyb 9 gektar yer maydonida joylashgan. U qo‘riqlanadigan yopiq hududda joylashgan bo‘lib, atrofidagi qalin daraxtzor uyda istiqomat qiluvchilarni ko‘rish imkonini bermaydi. Qasr 2230 kvadrat metr maydonga ega, unda 8 ta yotoqxona va 12 ta vannaxona mavjud.

Tayler gersog va gersonginya bilan oldindan tanish bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q, biroq Tayler teleboshlovchi Opra Uinfri bilan iliq munosabatda. Opra esa Megan bilan dugona. Aynan Opra Uinfri Meganga uy topishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello

Foto: Hello