Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqqa joylangan har bir rasmdan akkaunt egasi haqida ma’lum xulosalar chiqarish mumkin. Bu boradagi savolga “Yandeks Dzen” platformasida javob keltiriladi.

Yorqin, rang-barang suratlar

Foto: The Blonde Flamingo

Foto: The Blonde Flamingo

Instagram’ga so‘nggi vaqtda yorqin, rang-barang suratlar joylangan bo‘lsa, demak, surat egasi hayotidan mamnun va uning hayotida kimdir bor. Qolaversa, yorqin filtrlar o‘ziga bino qo‘yish va kirishimlilikdan ham dalolat.

To‘q rangli fotolar

Foto: Styled in Lace

Foto: Styled in Lace

Tez-tez yangi fotolar bilan bo‘lishib turish foto egasining depressiyada ekanini bildiradi. Fotolaringiz xira, to‘q ranglardan iborat bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlikni tan olishingizga hojat yo‘q, hammasi shundoq ham oydek ravshan.

Baxtli juftlik 

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Lentangizda, asosan, juftingiz bilan tushgan suratlar joylangan bo‘lsa, demak, munosabatlaringizda qandaydir muammo bor va siz buni “baxt niqobi” ortiga yashirishga urinyapsiz.

Taomlar

Foto: Medium

Foto: Medium

Ovqatlar suratini joylaganlarni maqtanchoq deb bilasizmi? Aslida unday emas. Aniqlanishicha, taomlar surati bilan bo‘lishilganda ovqatdan tiyilish, o‘zini qo‘lga olish mumkin bo‘​lib, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinar ekan.

Selfi

Foto: Milliyet

Foto: Milliyet

Selfi bilan bo‘lishishni sevuvchilarda o‘ziga ishonch yetishmaydi, ular layk ko‘rinishida boshqalardan tasdiq kutadi. Lekin faqat shunday ekan, degan xulosa chiqarish kerak emas, ba’zida bu kabi suratlar qiziqarli joy va voqeadan esdalik sifatida ham joylanishi mumkin.

Farzandlar  davrasida

Foto: Working Mother

Foto: Working Mother

Farzandlar bilan birgalikda tushilgan suratlar o‘zini namoyon qilishdir. Psixologlarning tasdiqlashicha, bu kabi suratlar sonining ko‘pligi boshqalardan o‘zingizni ustun ekanligingizni ko‘rsatishingizni bildiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?