So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin iqtisodiy hamkorlik va koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

    07.05.2020, 20:43 20373

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va XXR yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi.

    Davlat rahbarlari koronavirus infeksiyasiga qarshi davom etayotgan kurashning eng murakkab davrida ko‘rsatilgan o‘zaro ko‘mak va gumanitar yordamni katta mamnuniyat va minnatdorlik bilan qayd etdi.

    “Aprel oyining ikkinchi yarmida ushbu xavfli virus bilan kasallanganlarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish sohasida Xitoyning ulkan amaliy tajribaga ega yetakchi shifokorlar guruhi mamlakatimizda bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

    Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislar yuksak professional mahorat namoyish etganligi, ularning mamlakat hududlaridagi mashaqqatli mehnati pandemiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.

    Davlat rahbarlari bularning barchasi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

    Ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasidagi idoralari o‘rtasida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

    Shuningdek, ko‘p qirrali, shu jumladan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikning holati va uni kengaytirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

    XXRning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalarida samarali muloqot boshlangani alohida ta’kidlandi.

    Suhbat natijalariga ko‘ra ikki tomonlama oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

    Ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlar ma’muriyatlari, bank-moliya institutlari va yetakchi kompaniyalari pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni izlash maqsadida hamkorlikdagi ishlarini faollashtiradi. Bular, avvalo, o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning mutanosibligiga erishish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yuk tashish hajmining o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratish, gumanitar dasturlarni ilgari surishdir.

    Davlat rahbarlari mintaqaviy ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borishga qat’iy intilish tasdiqlandi.

    Suhbat yakunida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik ruhidagi keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham kengaytirishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgandi. 6-may kuni esa Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti koronavirusning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish masalalari yuzasidan fikr almashgandi.

    Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash masalasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Turkiya prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgan edi.

    O‘zbekiston Prezidenti 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Sardoba suv omborida yuz bergan holatni muhokama qilgandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov, 5-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va 6-may kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan koronavirusga qarshi kurash masalasini hamda Sardobada yuz bergan falokatni telefon orqali muhokama qildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston aholisi har yili zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

    Bugun, 08:38

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.