Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

4-may, dushanba kuni, Yevropa komissiyasining “Koronavirusga qarshi global kurash” xalqaro donorlik onlayn-forumida tashkil qilgan xayriya jamg‘armasiga 3 soat ichida koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirish uchun 7,4 milliard yevro miqdoridagi mablag‘ kelib tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilgan.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

“Koronavirusga qarshi global kurash” xalqaro donorlik onlayn-marafonini tashkil qilish tashabbusi 15-aprelda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen tomonidan ilgari surilgan. U kasallikka qarshi vaksinalar, dorilar va diagnostika tizimlarini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 7,5 milliard yevro talab qilinishini bildirgandi.

Yevropa Ittifoqi ilmiy izlanishlar boshlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 milliard yevor ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ushbu tashabbusga nafaqat dunyo mamlakatlari, balki biznes vakillari, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ham xayrixoh bo‘lib xayriya mablag‘larini ajratgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?