Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Oskar” mukofoti tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab filmlarni tanlab olish qoidasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Nomzodlarni tanlab olish jarayonida vaqtincha faqat onlayn ravishda namoyish etilgan kartinalar ishtirok etadi. Bu haqda Amerika kinosan’ati akademiyasi ma’lum qildi.

Foto: WFC.TV

Foto: WFC.TV

Ta’kidlanishicha, avvalroq kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan, biroq dastlab tijoriy striming yoki VOD-platfomada (so‘rov bo‘yicha video) namoyish etilgan filmlar “Yilning eng yaxshi filmi” nomiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Buning uchun kartina egalari kinoakademiya a’zolariga film onlayn taqdim etilganidan boshlab 60 kun ichida uning nusxasini maxsus himoyalangan sayt orqali tomosha qilishlari uchun topshirishi kerak.

“Film tanlovning qolgan barcha talablariga javob berishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Bunga qadar “Oskar” mukofoti faqatgina Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) har qanday tijoriy kinoteatrlarda hech bo‘lmasa bir hafta namoyish etilgan filmlar da’vogarlik qilishi mumkin edi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi yengillik “Oskar”ning 2021-yil 28-fevraldagi marosimiga tegishli bo‘lib, kinoteatrlar ochilgach, qoidalar yana o‘z holiga qaytariladi.

Shuningdek, kinoakademiya yana bir qator yangiliklarni joriy etdi:

  • “Eng yaxshi ovoz montajchisi” va “Eng yaxshi ovoz” nominatsiyalari birlashtirilib — “Eng yaxshi ovoz”ga deya ataladi;
  • “Eng yaxshi sauntrek” yo‘nalishida ishtirok etish uchun film musiqasi kamida 60 foizga orginal bo‘lishi kerak. Oldingi filmlardagi mavzular takrorlanuvchi sikvellar uchun esa ushbu chegara — 80 foiz;
  • “Eng yaxshi xorij filmi” nominatsiyasi bo‘yicha qisqa ro‘yxatni shakllantirishda akademiyaning barcha a’zolari ishtirok etadi. Avval faqatgina Beverli-Xillzdagi maxsus namoyishda ishtirok etganlarda bunday huquq bor edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
BAAda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qancha? Toshkent va Ras al-Hayma bozorlarini taqqoslaymiz
Dunyo
Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?