Daryo

Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri 27-apreldan ishga qaytmoqchi

Vazirlar undan karantin choralarini asta-sekin bekor qilish bo‘yicha tashabbus kutmoqda

1 daqiqa o‘qish95 662 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson dushanba, 27-apreldan, ishga qaytmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters. Avvalroq Britaniyaning bir qator OAVlarida u keyingi haftadan boshlab ishga qaytishi mumkinligi xabar berilgan.

Foto: AP Photo

Sky News’da ta’kidlanishicha, 24-aprel, juma kuni, o‘z maslahatchilari bilan uchrashib, mamlakatda koronavirusga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlarni olgan.

Daily Telegraph’ning yozishicha, Jonson ishga “ahvol tang paytda” qaytmoqda. Aynan hozir vazirlar undan karantin choralarini asta-sekin bekor qilish bo‘yicha tashabbusni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27-mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5-aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgandi. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga olingandi. 9-aprel kuni esa bosh vazir intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazilgan. 12-aprel kuni esa kasalxonadan chiqib, uyda davolanishni davom ettirgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar