Daryo

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri kasalxonadan chiqdi

Boris Jonson kasalxonadan chiqqaniga qaramay hali ishga kirishmaydi va uyda davolanishni davom ettiradi

1 daqiqa o‘qish59 664 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson davolanish muolajalaridan so‘ng 12-aprel, yakshanba kuni, kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Foto: AFP

Qayd etilishicha, bosh vazir kasalxonadan chiqqaniga qaramay hali ishga kirishmaydi va uyda davolanishni davom ettiradi.

Kasalxonadan chiqqanidan so‘ng Jonson o‘zining Twitter’idagi sahifasiga videomurojaat joylagan bo‘lib, unda Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga minnatdorchilik birdirgan.

Boris Jonson tuzalguniga qadar hukumatni tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalik boshqarib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27-mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5-aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgandi. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga olingandi. 9-aprel kuni esa bosh vazir intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni qarib 80 mingga yetdi, 10 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Mavzuga doir: Britaniya bosh vazirini epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o‘zi koronavirusdan vafot etdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar