COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Boris Jonson.

Foto: BBC News

Jonsonning xastalik vaqtida Britaniya hukumati raisi vazifasini vaqtincha tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajarib turadi.

55 yoshli Boris Jonson koronavirusga chalinganini 27-mart kuni ma’lum qilgan edi. O‘shanda bosh vazir unda yengil simptomlar kuzatilayotganini ma’lum qilgan edi. Oradan 10 kun o‘tib, simptomlar hali ham kuzatilayotgani bois, u kasalxonaga yotqizilgan edi.