Daryo

Buyuk Britaniya bosh vaziri koronavirusga chalindi

Ayni vaqtda uyda izolyatsiyaga olingan siyosatchi hukumatni videokonferensaloqa orqali boshqarishda davom etadi

1 daqiqa o‘qish104 402 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Times

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalindi, deb xabar bermoqda Meduza. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“So‘nggi 24 soat ichida menda yengil simptomlar sezildi. Koronavirusga topshirgan testimning natijasi ijobiy chiqdi”, — degan u va videomurojaati yakunida barchani uyda qolishga chaqirgan.

https://twitter.com/BorisJohnson/status/1243496858095411200?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1243496858095411200&ref_url=https%3A%2F%2Fkun.uz%2F61121921

Ayni vaqtda uyda izolyatsiyaga olingan siyosatchi hukumatni videokonferensaloqa orqali boshqarishda davom etadi.

25-mart, chorshanba kuni, Britaniya taxti vorisi — 71 yoshli shahzoda Charlzda ham koronavirus aniqlangan. Ayni vaqtda shahzoda va rafiqasi o‘zini izolyatsiya qilgan.

26-mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 11 658 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 578 nafari vafot etgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qirolicha Yelizaveta II koronavirus tufayli xalqiga telemurojaat bilan chiqmoqchi. Agar shunday bo‘lsa, bu uning 68 yillik boshqaruvi davrida to‘rtinchi marta rejadan tashqari telemurojaati bo‘ladi.

Avvalroq Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya aholisiga koronavirus sabab uy karantiniga o‘tish buyurildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar