Daryo

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonaga yotqizildi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangandi

Buyuk Britaniya bosh vazirida virus 27-mart kuni aniqlangan edi

1 daqiqa o‘qish98 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Financial Times

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus sabab kasalxonaga yotqizildi. The Financial Times’ning Britaniya hukumatiga tayanib ma’lum qilishicha, bosh vazir ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: The Financial Times

Boris Jonsonda virus 27-mart kuni aniqlangan edi. Oradan 10 kun o‘tayotgan bo‘lsa-da, unda hamon kasallik belgilari saqlanib qolmoqda.

Britaniya bosh vaziri bu vaqtga qadar uyda izolyatsiya holatida hukumatni videokonferensaloqa orqali boshqarishda davom etayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71 yoshli shahzoda Charlzda ham koronavirus aniqlangan. 31-mart kuni Charlz koronavirusdan tuzalib, karantindan chiqqan edi.

26-mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 48 440 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 4943 nafari vafot etgan.

Avvalroq Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Hamdo‘stlik davlatlari aholisiga televideniye orqali murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, bu uning 68 yillik boshqaruvi davridagi rejadan tashqari to‘rtinchi telemurojaati hisoblanadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar