Daryo

Koronavirusga chalingan Britaniya bosh vaziri intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazildi

5-aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgan edi

1 daqiqa o‘qish37 666 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. Bu haqda Britaniya hukumati kanselyariyasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

“Bugun kechasi bosh vazir intensiv terapiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi, uning sog‘lig‘i tiklanishining dastlabki bosqichida nazorat ostida bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27-mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5-aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgan. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan edi.

Avvalroq Boris Jonsonni epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o‘zi koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: “Biz buni yengib o‘tamiz”. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus sabab telemurojaat yo‘lladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 ming kishidan oshgan, qariyb 8 ming odam vafot etgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar