Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonda futbol bo‘yicha barcha musobaqalar 10-mayga qadar to‘xtatildi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Tojikiston futbol federatsiyasi

Foto: Tojikiston futbol federatsiyasi

Ta’kidlanishicha, Tojikiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 26-aprel, yakshanba kunidagi bahslardan so‘ng barcha o‘yinlar 10-mayga qadar o‘tkazilmaydi.

“Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) COVID-19 koronavirusi profilaktikasi bo‘yicha Respublika shtabining mamlakatda barcha ommaviy va sport tadbirlarini to‘xtatib turish qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sabab TFF tashkilot tasarrufidagi barcha futbol musobaqalarini to‘xtatish qaroriga keldi”, — deyiladi federatsiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus mavjudligi hali rasman qayd etilmagan. Avvalroq mamlakatda to‘rt nafar odam pnevmoniyadan vafot etgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi