Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1804 nafarga yetdi

Avvalroq 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1778 taga yetgani ma’lum qilingan edi

1 daqiqa o‘qish261 110 ko‘rishlar0 izoh0

Muhim: O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi (ro‘yxat)

O‘zbekistonda 24-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 26 kishiga oshib, 1804 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1778 taga yetgani ma’lum qilingan edi.

Shunday qilib, 24-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 46 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel kuni 85 ta, 19-aprel kuni 75 ta, 20-aprel kuni 62 ta, 21-aprel kuni 51 ta, 22-aprel kuni 38 ta, 23-aprel esa 42 yangi holat tasdiqlangandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar