Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1778 nafarga yetdi

Avvalroq, 23-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1758 taga yetgani ma’lum qilingan edi

1 daqiqa o‘qish229 300 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 20 kishiga oshib, 1778 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq, 23-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1758 taga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar