Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 23-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 23 kishiga oshib, 1758 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 23-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1735 taga yetgani ma’lum qilingandi.

Shunday qilib, 23-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 42 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel kuni 85 ta, 19-aprel kuni 75 ta, 20-aprel kuni 62 ta, 21-aprel kuni 51 ta, 22-aprel kuni 38 ta yangi holat tasdiqlangandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi