Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida axlatga tashlangan tibbiyot niqoblari, qo‘lqoplar va antiseptik vositalar idishlarini 1200-1250 darajadagi haroratda utilizatsiya qilish boshlandi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Buyumlar termik qizdiruvchi maxsus apparatda utilizatsiya qilinmoqda. Uch kamerali qayta ishlashdan keyin ushbu buyumlardan faqat tozalangan havo tutuni qoladi. Karantin boshlanganidan beri shaharda jami 35 kilogramm og‘irlikdagi chiqindilar utilizatsiya qilingan.

Nur-Sultonda bozorlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa jamoat joylarida 80 dan ortiq ekoboks (ekologik axlat qutilari) joylashtirilgan, ularga faqat tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, salfetka, antiseptik vositalarning idishlar va boshqa himoya jihozlari chiqindi sifatida tashlanadi.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Ekobokslar Nur-Sulton hokimligi ko‘magida Clean Сity kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

“Ekobokslar to‘lishi bilan tezkor tarzda o‘rniga boshqa quti joylashtiriladi. Axlat termik yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi va bu eng xavfsiz usul”, – deydi kompaniya vakili Almas Risaliyev.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda 15-aprel holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 1295 nafarga yetgan, 240 nafar odam kasallikdan tuzalgan, 16 kishi COVID-19’dan vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda