Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes Clothes Forever — Styling Game o‘yini qahramoni o‘ziga o‘xshab qolgani uchun o‘yin yaratuvchilarini sudga berdi, deb yozadi TMZ.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gomesning ma’lum qilishicha, o‘yin yaratuvchilari uning ruxsatisiz Flare jurnali muqovasidagi suratidan foydalangan.

Foto: TMZ

Foto: TMZ

Shuningdek, Gomes da’vo arizasida o‘zining obrazi tasvirlangan reklama postlari qancha turishini oshkor etgan — 800 ming dollar. Uning ta’kidlashicha, App Store’da o‘ziga o‘xshash qahramonga ega o‘yinning paydo bo‘lishi reklama borasidagi daromadlariga zarar keltiradi, chunki o‘yinga nisbatan ko‘plab salbiy fikrlar bildirilgan. Qo‘shiqchi yetkazilgan zarar qoplab berilishini talab qilgan va mobil dasturning savdosidan tushadigan daromaddan ulush olish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Selena Gomes 2018-yilda ruhiy klinikaga tushib qolgan va u yerda qo‘shiqchini asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi