Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes ruhiy klinikaga tushib qoldi, u yerda uni asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashmoqda, deb yozadi Tengrinews.

Foto: Hollywood Life

Foto: Hollywood Life

TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oxirida 26 yoshli qo‘shiqchi qon tahlili natijalari qoniqarsiz chiqqach, oddiy kasalxonaga yotqizilgan edi. Tibbiy tekshiruv natijalari Gomesga bir yil avval buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin leykotsitlarning past miqdorini ko‘rsatdi.

Selena tibbiy muassasadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan, ammo shifokorlar buning nojoizligini aytgach, xonandaning ruhiy muvozanati buzilgan. Gomesni ruhiy bo‘limga o‘tkazishdi, u yerda u ruhiy beqarorlik va o‘z joniga qasd qilishga moyil bemorlarning ahvolini yaxshilashda qo‘llaniladigan davolanishdan o‘tmoqda.

Ta’kidlanishicha, Selena yigiti Jastin Biber bilan og‘riqli ayriliq, volchanka (teri silining bir turi), buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirgan. Eng so‘nggi tomchi internetdagi salbiy izohlar bo‘ldi. Xonandaga bunday izohlar sobiq sevgilisi Jastin Biber model Xeyli Bolduinga uylangach, kelib tusha boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi