Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes Clothes Forever — Styling Game o‘yini qahramoni o‘ziga o‘xshab qolgani uchun o‘yin yaratuvchilarini sudga berdi, deb yozadi TMZ.
Gomesning ma’lum qilishicha, o‘yin yaratuvchilari uning ruxsatisiz Flare jurnali muqovasidagi suratidan foydalangan.
Shuningdek, Gomes da’vo arizasida o‘zining obrazi tasvirlangan reklama postlari qancha turishini oshkor etgan — 800 ming dollar. Uning ta’kidlashicha, App Store’da o‘ziga o‘xshash qahramonga ega o‘yinning paydo bo‘lishi reklama borasidagi daromadlariga zarar keltiradi, chunki o‘yinga nisbatan ko‘plab salbiy fikrlar bildirilgan. Qo‘shiqchi yetkazilgan zarar qoplab berilishini talab qilgan va mobil dasturning savdosidan tushadigan daromaddan ulush olish istagini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Selena Gomes 2018-yilda ruhiy klinikaga tushib qolgan va u yerda qo‘shiqchini asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashgan edi.
Izoh (0)