• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda karantin davrida pensiya ta’minotida fuqarolar uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Pensiya jamg‘armasi javob berdi

    O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus shtabining 2020-yil 14-apreldagi qaroriga muvofiq, respublikadagi epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar 2020-yilning may oyidan pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank plastik kartalari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Karantin davrida pensiya to‘lovlari bank plastik kartalari orqali amalga oshiriladi.

    Pensioner va nafaqa oluvchilarning salomatligini saqlash maqsadida, pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha bank plastik kartalari orqali amalga oshirish tartibi quyidagi muddatlarda yo‘lga qo‘yiladi:

    • 2020-yilning may oyidan — Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun;
    • 2020-yilning iyun oyidan — respublikaning barcha hududlaridagi fuqarolar uchun.
    Birinchi navbatda, Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqalarini naqd pulda oluvchi barcha fuqarolar uchun bank plastik kartalari ochiladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus sababli pensiya pullari may oyidan boshlab plastik kartalarda to‘lanadi, valyuta almashtiradigan bankomatlar ko‘paytiriladi

    Bunda fuqarolardan pasport nusxalari va boshqa hujjatlar talab etilmaydi. Pensiya jamg‘armasi hamda Xalq banki o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi. Plastik kartalar fuqarolarning ovoragarchiligisiz rasmiylashtiriladi, pensiya va nafaqa oluvchilarning bank bo‘limlariga borishi talab qilinmaydi.

    Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarning pensiya va nafaqa mablag‘lari ularning Xalq bankida ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

    Maxsus komissiya tavsiyasiga ko‘ra, qog‘oz shaklidagi hujjatlar orqali koronavirus tarqalishining xavfi yuqori ekanligi inobatga olingan holda fuqarolardan ariza talab etilmaydi.

    Shundan so‘ng pensiya va nafaqa oluvchilarga ochilgan bank plastik kartalari mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha belgilangan pensiya va nafaqalarni yetkazish grafiklariga muvofiq, Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan fuqarolarning yashash manzillariga yetkaziladi.

    Pensiya va nafaqa oluvchilarga ochilgan bank plastik kartalari uchun fuqarolardan hech qanday to‘lov va haq olinmaydi.

    Xalq banki sayyor kassalari tomonidan bank plastik kartalarini yetkazish chog‘ida fuqarolarning xohishiga asosan bank kartasidagi pullar foizsiz naqdlashtirib beriladi.

    Xalq banki plastik kartalari orqali pensiyalarni oluvchilar bankning kassalari va bankomatlar orqali pullarini naqdlashtirganda, naqdlashtirilgan summadan xizmat haqi ushlab qolinmaydi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin vaqti doimiy yashash joyida turmagan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishi ma’lum qilindi

    Bank plastik kartalaridan foydalanish uchun qanday sharoitlar yaratiladi?

    Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari oldida bosqichma-bosqich bankomatlar joylashtiriladi.

    Bankomatlar bilan ta’minlanmagan mahalla fuqarolar yig‘inlariga har oyda grafikka muvofiq, Xalq banki sayyor kassalari fuqarolarning yashash manziliga borgan holda ularning xohishiga ko‘ra bank kartasidagi mablag‘larni naqdlashtirib beradi.

    Shuningdek, bozorlardagi va mahallalardagi oziq-ovqat do‘konlarida terminallar to‘liq ishlashi ustidan soliq idoralari tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

    Pensiya pullarini boshqa tijorat banklari orqali oladigan fuqarolarga to‘lovlar qanday amalga oshiriladi?

    Bugungi kunda pensiya va nafaqalarini boshqa tijorat banklarining plastik kartalari orqali olib turgan jami 370 mingdan ortiq fuqaroning pensiyalari bo‘yicha to‘lovlar kelgusi oylarda ham ularining (mavjud) bank kartalari orqali amalga oshirilishi davom ettiriladi.

    Bunda pensiya va nafaqalarni qisman bank plastik kartasi va qolgan qismini naqd pul shaklida oladigan jami 121 mingdan ortiq fuqaroga ham kelgusi oydan to‘lovlar to‘liq o‘zlarining (mavjud) bank plastik kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

    Fuqarolarga yana qanday qulayliklar yaratildi?

    Nogironlik muddati tugaydigan fuqarolarning nogironlik muddatlari ularni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan Tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyalari tomonidan avtomatik tarzda uzaytiriladi hamda ularga pensiya (nafaqa) to‘lovlari davom ettiriladi.

    Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiya to‘lovlari davom ettirilishi uchun nogironligini qayta ko‘rikdan o‘tkazish (muddatini uzaytirish va nogironlikni belgilash) maqsadida Tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasiga borishi talab etilmaydi. Pensiya pullari karantin cheklovlari davrida davom ettiriladi.

    Shuningdek, pensiya va nafaqa, shu jumladan, dafn marosimi va bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarga huquqi paydo bo‘lgan fuqarolar karantin tadbirlari tugagandan keyin bir oy davomida Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat etishi mumkin. Bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlanadi.

    Ma’lumot uchun, fuqarolar pensiya tayinlashni so‘rab tuman (shahar) Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya olish huquqi paydo bo‘lgandan keyin 60 kun ichida murojaat etsa, ularga pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran pensiya tayinlanadi.

    Masalan, fuqaro shu yilning 24-mart kuni 60 yoshga to‘ldi va shu yilning 22-mayiga qadar (60 kun ichida) ariza bilan murojaat qilganda, unga pensiya 2020-yil 24-martdan tayinlanishi lozim bo‘ladi. Biroq karantin davrida u murojaat qila olmadi. Fuqaro 1-iyulga qadar (agar karantin cheklovlari joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etgan taqdirda) zarur hujjatlar bilan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilsa, unga pensiya mazkur huquq paydo bo‘lgan sana, ya’ni 2020-yil 24-martdan tayinlanadi.

    Shu bilan birga, pensiya (nafaqa)lar to‘lovi ustidan monitoring ishlari masofadan axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda o‘tkazilishi belgilangan. Pensiya jamg‘armasi tomonidan bu muddat ichida elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda pensiyalarning to‘g‘ri tayinlanganligi va to‘lanishi nazorat qilib boriladi.

    Bank plastik kartalari va ishonchnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bo‘lgan huquqini tasdiqlash muddati kelgan va pasport muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etilmasdan to‘lov muddatlari 4 oyga uzaytiriladi.

    Shuningdek, fuqarolarga bank plastik kartalarini yetkazish, mablag‘larni naqdlashtirish masalalari bo‘yicha Xalq bankining 1106 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

    Bundan tashqari, pensiya ta’minotiga oid savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining 1140 ishonch telefoni ham faoliyat yuritmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” tartibi 6-apreldan majburiy tartibda joriy etildi. Unga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan hamda surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.

    Mavzuga doir: “Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o‘ylab, albatta, ko‘rib chiqamiz” — Shavkat Mirziyoyev

    15.04.2020, 20:07   Izoh (0)   29278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hududgazta’minot” AJ Kattaqo‘rg‘ondagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashning tafsilotlarini o‘rgandi

    15.04.2020, 19:51

    O‘zbekistonda 16-aprel kuni havo harorati 22 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    15.04.2020, 19:27

    Captiva’da o‘yinchoq avtomatini maqtangan yigit kechirim so‘radi (video)

    15.04.2020, 18:51

    O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi

    15.04.2020, 18:10

    DSQ kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish tizimi yuzasidan Senatning munosabatiga javob berdi. Qaror loyihasi muhokamadan olindi

    15.04.2020, 17:54

    O‘zbekistonda ichki ishlar xodimi qanday holatlarda jismoniy kuch ishlatishga haqli ekanligi haqida ma’lumot berildi

    15.04.2020, 17:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.